Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya harbiy xizmatçilariga Ukraina hududiga ruxsatsiz borişni taqiqladi. Bu haqda bugun, 10 mart kuni “The Independent” gazetasi xabar berdi.
“Barça harbiy xizmatçilarga keyingi ogohlantirişgaça Ukrainaga boriş taqiqlangan”, deydi mudofaa vazirligi vakili.
Qayd etilişiça, uşbu qoidalar hozirda işdan böşatilgan xodimlarga ham tegişli.
“Ukrainaga yöl olgan harbiy xizmatçilar intizomiy va maʼmuriy oqibatlarga duçor böladi”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilarni Ukrainaga özboşimçalik bilan bormasliklari haqida ogohlantirgan edi. Agentlik Britaniya askarlarining Ukrainada paydo bölişi mojaroning jiddiy kuçayişiga va Rossiya Federatsiyasining keskin javobiga olib kelişi mumkinligidan xavfsiragan.









