AQŞ Prezidenti Donald Tramp Özbekistonga taşrif buyurişni istayapti, biroq ehtimoliy taşrif muddati hozirça nomaʼlum. Bu haqda AQŞ Prezidentining global şeriklik böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli “Özbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Men uning Özbekistonga kelişni istayotganini bilaman. Prezidentning iş jadvali juda tiğiz. Ammo u menga Özbekistonga taşrif buyuriş niyati borligi haqida gapirgan. Men özim ham uşbu masalani ilgari surib kelyapman”, deydi maxsus vakil.
Zampollining sözlariga köra, Amerika tomoni taşrif imkon qadar tezroq amalga oşişiga umid qilmoqda. Şu bilan birga, u aniq sanani aytmagan.
joriy yilning 7 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bölib ötgan edi. Öşa muloqotda Şavkat Mirziyoyev Donald Trampga özi uçun qulay vaqtda rasmiy taşrif bilan mamlakatga kelişni taklif qilgandi.
Şuningdek, joriy yilning oktyabr oyi örtalarida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga kelişi haqida xabar berilgandi. Taşrif davomida Rubio Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston Taşqi işlar vazirlari bilan birgalikda C5+1 vazirlar uçraşuvida iştirok etadi. Muhokamalar C5+1 formati doirasida mintaqaviy iqtisodiy boğliqlikni çuqurlaştiriş, energetika xavfsizligini mustahkamlaş va umumiy mintaqaviy ustuvor yönalişlar böyiça hamkorlikdagi yeçimlarni ilgari surişga qaratiladi.
Manba qalampir.uz









