Pentagon Varşava taklifiga köra, “Patriot” zenit-raketa komplekslarini Polşaga ötkaziş niyatida. Bu haqda TASS söroviga javoban AQŞ Qurolli kuçlari Yevropa qömondonligi vakili Adam Miller maʼlum qildi.
Uning aniqlik kiritişiça, “Polşaga ikkita “Patriot” kompleksini ötkaziş” rejalaştirilgan. AQŞ harbiy departamentining fikriça, bu qadam “AQŞ, ittifoqçi kuçlar va NATO hududiga har qanday ehtimoliy tahdidlarga qarşi turiş” imkonini beradi.
“Bu kuçlarni himoya qilişga qaratilgan oqilona çora bölib, bizning 5-moddaga sodiqligimizni tasdiqlaydi va heç qanday hujumkor operatsiyalarni qöllab-quvvatlamaydi”, deydi Miller.
Maʼlumot uçun, 1949 yilda Vaşingtonda imzolangan Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasiga köra, NATOga aʼzo davlatlarga “bir yoki bir neçta”ga qurolli hujum qilingan taqdirda jamoaviy javob çoralari köriladi.









