Ukrainaga yana şiddatli raketa hujumi böladimi? Söz Putinga

Ukrainaga yana şiddatli raketa hujumi böladimi? Söz Putinga

Hozirda Ukrainadagi nişonlarga jadal raketa zarbalari berişning hojati yöq. Avvalgi bunday zarbadan keyin qolgan obʼektlar asta-sekin yöq bölmoqda, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin keça, 14 oktyabr kuni jurnalistlarga.

“Hozir ommaviy zarbalarga hojat yöq, boşqa vazifalar bor, çunki menimça, yigirma töqqizta obʼektdan yettitasiga zarba berilmagan. Lekin bu obʼektlar asta-sekin “özlaştirilmoqda”, ommaviy zarbalarga hojat yöq, heç bölmaganda hozir emas, keyin köramiz”, deydi Rossiya rahbari.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Putin Xavfsizlik kengaşi aʼzolari bilan operativ yiğilişda Ukrainadagi energetika, harbiy qömondonlik va kommunikatsiya obʼektlariga ommaviy zarba berilganini maʼlum qildi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga köra, zarba Ukraina harbiy qömondonligi, aloqa va energetika tizimlari obʼektlariga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar orqali berilgan. Departament zarba maqsadiga erişilgani va barça belgilangan nişonlarga zarba berilgani haqida hisobot bergandi.

Eslatib ötamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boşqa bir qator şaharlarini kuçli raketa zarbalariga duçor qildi. Ukraina butun mamlakat böylab havo ogohlantirişini eʼlon qildi. Kiyevda, şuningdek, Ukrainaning boşqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlaşlar sodir böldi.

Içki işlar vaziri maslahatçisi Rostislav Smirnovning aytişiça, kamida 20 kişi halok bölgan, 60 ga yaqin kişi jarohatlangan. Portlaş oqibatida oltita avtomobil vayron bölgan, yana 15 tasi zarar kördi. Mahalliy Telegram kanallari xabariga köra, portlaşlar Ukraina xavfsizlik xizmati maʼmuriyati binosi hududida, şuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska köçasidagi kabinetlaridan birida sodir bölgan. 

Hujum ortidan AQŞ Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilişiga vaʼda berdi. Germaniya esa avval vaʼda qilgan xenit-raketa majmuasini Kiyevga yetkazib berdi.


×