Ukraina tomonining Rossiya bilan muzokaralar pozitsiyasi harbiy harakatlarni töxtatiş, Rossiya qöşinlarini Ukrainadan olib çiqib ketiş va hududni himoya qilişdan iborat. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba telemarafon efirida maʼlum qilgan.
“Uşbu harakatlarni töxtatiş, Rossiya qurolli kuçlarini Ukraina hududidan olib çiqib ketiş muzokaralar stolida. Gaplaşiş kerak, çunki uruş davom etmoqda. Uruşni töxtatiş kerak. Ukraina hayotini, Ukraina şaharlarini saqlab qoliş kerak, lekin gapiriş taslim bölişni anglatmaydi va heç kim taslim bölişni rejalaştirmaydi. Keling, Lavrovning gapiga quloq tutaylik, unga munosib javob beramiz”, degan vazir.
Bundan taşqari, Rossiyaning NATOdan voz keçiş haqidagi talabini izohlar ekan, Ukraina diplomatiyasi rahbari Prezident Vladimir Zelenskiy hozir xavfsizlik kafolatlari haqida gapirayotganini taʼkidlagan.
“Hozir uruşni töxtatiş kerak. Hozir Ukraina xavfsizligini taʼminlaş kerak, şuning uçun ham Prezident Ukraina xavfsizligi uçun kafolatlar haqida gapiriş kerakligini aytdi, lekin u heç qaçon NATOni maqsad sifatida unutişimiz kerakligini aytmagan”, deydi Kuleba.
Xususan, vazirning taʼkidlaşiça, Ukrainaning alyansga aʼzo böliş masalasi boşi berk köçada, çunki bu haqda vaʼda 2008 yilda berilgan, biroq 2022 yilgaça NATO tomonidan heç qanday qadam qöyilmagan.









