Janubiy Koreyaning eng ommabop naşrlaridan biri — «The Korea Post» jurnalining Özbekiston bilan Koreya Respublikasi örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilganining 30 yilligi tadbirlari doirasida ikki mamlakat örtasida özaro almaşuvlar yiliga bağişlangan maxsus soni çop etildi, deb xabar bermoqda «Jahon» AA.
Jurnalda çop etilgan maqolalarda 2021 yil dekabr oyida Prezident Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga amalga oşirgan davlat taşrifi mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqqani alohida taʼkidlangan. «Ikki davlat rahbarlari va delegatsiya vakillari iştirokida imzolangan hujjatlarda özaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş, diplomatiya munosabatlari örnatilganining 30 yilligini keng nişonlaş, ikki xalq örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş maqsadlari örin olgan», deb yozadi jurnal.
Maqolada «Yaşil» taraqqiyot, raqamlaştiriş va kuçli ijtimoiy himoya siyosati sohalari alohida strategik şeriklikning uç muhim yönalişi sifatida belgilangani taʼkidlangan.
Bundan taşqari, uşbu maxsus sonda eʼlon qilingan materiallarda Özbekiston bilan Koreya Respublikasi örtasidagi diplomatiya aloqalari örnatilganiga 30 yil tölişi munosabati bilan özaro munosabatlarning bugungi holati tahlil etilgani barobarida istiqboldagi yönalişlar haqida ham atrofliça fikr yuritilgan.









