Özbekistonda elektr va gaz taʼminotidagi muammolarni bartaraf etiş hamda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida 15 ta hududda maxsus ştablar taşkil etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ştablar joylardagi elektr va gaz taʼminoti holatini çuqur tahlil qiliş, mavjud muammolarni aniqlaş va ularni tizimli ravişda bartaraf etiş bilan şuğullanadi.
Har bir ştabga energetika tizimi taşkilotlari boşliqlari rahbar etib biriktirilgan. Tuman hokimlari esa ştab rahbarlarining örinbosari etib belgilangan.
Xususan:
- Andijon tumani – Energetika vaziri maslahatçisi Dadajon Isoqulov;
- Davlatobod tumani – “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov;
- Denov tumani – “Özenergoinspektsiya” boşliği örinbosari Behzod Sobirov;
- Farğona tumani – “Hududgaztaʼminot” AJ raisi Marufxon Xöjayev;
- Koson tumani – “Özenergoinspektsiya” boşliği örinbosari Xurşidjon Eşqöziyev;
- Mirzo Uluğbek tumani – Energetika vazirining birinçi örinbosari Umid Mamadaminov;
- Qöştepa tumani – “Özenergosotiş” AJ raisi Jahongir Obidjonov;
- Sirdaryo tumani – “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ raisi Bahodir Jörayev;
- Törtköl tumani – “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ raisining birinçi örinbosari Ozod Oxunov;
- Urganç tumani – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining birinçi örinbosari Bobur Islomov;
- Urgut tumani – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Sardor Isoqulov;
- Xatirçi tumani – Energetika vaziri örinbosari Umarjon Egamberdiyev;
- Yangiyöl tumani – Energetika vaziri Şerzod Xöjayev;
- Ğijduvon tumani – “Öztransgaz” AJ raisi Askar Isoqov;
- Şarof Raşidov tumani – “Özenergoinspektsiya” boşliği Ahad Isoqjonov masʼul etib belgilangan.
Vazirlik fuqarolarga elektr va gaz taʼminoti bilan boğliq muammo yoki takliflari bölsa, mazkur tumanlar hokimliklarida taşkil etilgan ştablarga murojaat qilişni tavsiya qilgan.
Energetika vazirligi aynan uşbu hududlar tanlanganligiga sabab sifatida uşbu hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça qarzdorlik darajasi yuqoriligi, energiya yöqotişlari köpligi, tarmoqlarning eskirgani, şuningdek, aholining murojaatlari soni köpligi kabi omillarni körsatgan.









