Apple keça, 8 mart kuni bahorgi taqdimotini ötkazdi. Unda iPhone SE byudjet smartfonining uçinçi avlodini, beşinçi avlod iPad Air planşetini va iMac Pro monoblokini taqdim etdi. Yangi gadjetlar qanday köriniş va texnik xususiyatlarga ega ekanini quyida bilib olişingiz mumkin.

Apple rahbari Tim Kuk

iPhone 13 va iPhone 13 Pro yangi yaşil rangda

Yangi iPhone SE sönggi Apple A15 Bionic protsessorida işlaydi.

iPhone SE beşinçi avlod mobil tarmoğini (5G) qöllab-quvvatlaydi, batareya quvvati yaxşilangan. Smartfon oq, qizil va qora ranglarda taqdim etilgan.

Apple beşinçi avlod iPad Air’ni namoyiş etdi. Qurilmaning dizayni 2020 yilda çiqarilgan avvalgi modelga nisbatan özgarmagan. iPad Air Apple kompaniyasining M1 protsessorida işlaydi. Kompaniya maʼlumotlariga köra, yangi iPad Air oldingi avlodga qaraganda 60 foizgaça tezroq. Yangi planşet binafşa, puşti va yangi kök ranglarda taqdim etildi.


M1 Ultra çipi Apple çiplarining oldingi avlodlariga nisbatan

Yangi Mac Studio statsionar kompyuteri va displey

Qurilma M1 Ultra protsessori bilan jihozlangan. Kompaniya maʼlumotlariga köra, protsessor soniyasiga 800 Gb yuklaydi, bu Apple kompaniyasining ötgan yil oktyabr oyida taqdim etilgan avvalgi eng kuçli M1 Max protsessoridan ön barobar tezroq. Yangi monoblok Apple’ning eng tezkor MacBook’iga qaraganda 3,4 baravar tezroq.










