"Apple" xodimlari "iPhone" işlatişdan qörqadi

"Apple" xodimlari "iPhone" işlatişdan qörqadi

"Bözçi belboqqa yolçimas", deganlaridek, "Apple" kompaniyasida faoliyat yuritadigan xodimlar "iPhone" telefon apparatidan foydalanmas ekan. Sababi ular şaxsiy yozişmalar kompaniya tomonidan kuzatib borilişidan xavfsiraydilar.

Albatta, bu şubha tasdiğini topmagan. Lekin 65 ming xodimdan iborat "Apple" jamoasi öz taxminlariga qattiq işonmoqdalar. Işga doir fikrlar, rahbarlarning ğiybatini qiliş xodimlar örtasida sir bölib qolişini va taşqariga çiqmasligini xohlaşmoqda. Çunki işçilar goh maoşdan, şoh şaroitdan nolib özaro suhbat qurişadi. Xodimlar bunday gaplarning ayrimlari allaqaçon rahbar quloğiga yetib borganini payqaşgan va maʼlumot manbai sifatida smartfondan öpkalaşyapti.

Aytişlariça, nafaqat "Apple", balki boşqa texnogigantlar ham öz mahsulotini xodimlariga taqdim etiş orqali ularning sirini bilişga urinadi. Kadrlar siyosati uçun buni muhim omil, deb bilişadi. Xatto masofaviy işlaydigan xodimlarning uyiga yaşirin kamera örnatadiganlar ham bor ekan.

Qiziq, nahotki "Apple"dagilar köplab iş joylarida boşliqning "quloq"lari bölişini bilişmaydi? Xodimlarning piçir-piçirlaridan voqif böliş uçun telefonidagi yozişmalarni öqiş şart emas-ku.

×