Rossiya tomoni “sukunat rejimi”ni eʼlon qilib, 8 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 10:00 dan boşlab Ukrainada gumanitar koridorlarni taqdim etişga tayyor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Milliy mudofaa nazorati markazi negizida taşkil etilgan Ukrainadagi gumanitar yordam körsatiş böyiça Rossiya Federatsiyasining idoralararo muvofiqlaştiruvçi ştabida maʼlum qilindi.
“2022 yil 8 mart kuni soat 10:00 dan (Moskva vaqti bilan) Rossiya Federatsiyasi sukunat rejimini eʼlon qiladi va gumanitar yölaklarni taqdim etişga tayyor: Kiyev va unga tutaş aholi punktlaridan Rossiya Federatsiyasiga Belarus Respublikasi hududi orqali Gomelgaça. Ukraina tomoni bilan kelişilgan holda”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, Çernigovdan Belarus hududi orqali, Sumi şahridan ikki yönaliş böyiça Poltava va Rossiya hududiga, Xarkovdan Rossiya hududiga yoki Lvov, Ujgorod, Ivano- Frankovskga gumanitar yölaklar oçiladi. Şuningdek, Mariupoldan Rossiya hududiga va Zaporojega ikki yönaliş böylab gumanitar yölak oçiladi.
Ukraina boş vaziri örinbosari Irina Vereşçuk Kiyev ham bugun, 8 mart kuni Sumidan Poltavaga gumanitar yölak böylab harakatlanişni taʼminlaşga tayyorligini eʼlon qildi.
Ukraina harbiylari Kiyev vaqti bilan soat 9:00 dan 21:00 gaça (Moskva vaqti bilan 10:00 dan 22:00 gaça) sukunat rejimini joriy qildi. Gumanitar yölak böylab harakat Kiyev vaqti bilan ertalab soat 10:00 da (Moskva vaqti bilan 11) boşlanadi.









