Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga köra, Rossiya bilan uruş ehtimoli bor, bu esa Moskvaning “eng katta xatosi” böladi. Bu haqda u YES Brainstorming forumida söz oçgan.
“Menimça, buning ehtimoli bor. Bu eng yomon narsa, lekin, afsuski, bunday imkoniyat bor”, deb javob bergan siyosatçi Rossiya bilan keng kölamli uruş ehtimoli haqida berilgan savolga.
Zelenskiyning sözlariga köra, 2014 yilda Moskva bu yönalişda “oldinga qadam” taşlagan, biroq ukrainaliklar vaziyatning noxuş rivojlanişini töxtatişga muvaffaq bölgan.
Prezidentning qöşimça qilişiça, agar Rossiya tomonidan “kuçli eskalatsiya” röy bersa, “boşqa heç qaçon Rossiya, Ukraina, Belarus qöşniçiligi bölmaydi”.
Avvalroq, Zelenskiy özini rus deb hisoblaydigan Donbass aholisi Rossiyaga köçişi kerakligini, çunki ertami-keçmi mintaqa Ukrainaga qaytişini aytgandi.
Maʼlumot örnida, Donbass mintaqasi Ukrainaning Donetsk va Lugansk hamda Rossiyaning Rostov viloyatlarini öz içiga oladi. Uşbu hududda 2014 yildan beri harbiy harakatlar davom etmoqda. Buning oqibatida şu vaqtga qadar 13 ming kişi halok bölgan.
Nizo bir tomondan Ukraina Qurolli kuçlari, ikkinçi tomondan ikki alohida özini özi mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari örtasida bormoqda. Uşbu ikki hudud Ukrainadagi 2014 yilgi siyosiy inqiroz vaqtida vujudga kelgan.
Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining ikkisi ham na Ukraina va na jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biroq, ularni Rossiya qöllab-quvvatlab kelayotgani maʼlum.









