Tramp prezident bölsa, qanday qilib uruşni 24 soat içida töxtatişini tuşuntirdi

Tramp prezident bölsa, qanday qilib uruşni 24 soat içida töxtatişini tuşuntirdi

AQŞ prezidenti lavozimiga qayta saylansa, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni 24 soat içida hal qilişga bir neça bor vaʼda bergan Donald Tramp Fox News telekanaliga buni aynan qanday amalga oşirmoqçiligini tuşuntirdi.

Tramp ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan boğlanişini aytdi.

“Men Zelenskiyga aytgan bölardim: yetar, siz kelişuvga erişişingiz kerak. Söng Putinga aytaman: agar kelişuv tuzmasangiz, biz ularga (Ukrainaga) köproq narsa beramiz, kerak bölsa, ilgari ularda bölmagan narsalarni”, — deb öz rejalari bilan örtoqlaşdi Tramp.

Sobiq prezident şu yöl bilan bir kunda jangovar harakatlarga çek qöyişiga işonç bildirmoqda.

Tramp Zelenskiyni yaxşi bilişini, Putinni “undan ham yaxşiroq” bilişini aytdi.

“Ikkalasi bilan yaxşi munosabatda bölganman, juda yaxşi munosabatda”, — dedi u.

Avvalroq Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning Oq uyga qaytgan taqdirda, Ukrainadagi uruşni 24 soat içida töxtatiş haqidagi vaʼdalariga işonmasligini aytgandi. NBC muxbiri Trampning mojaroni tezda hal qila olişi haqidagi savoliga Zelenskiy savol bilan javob berdi: “Nega u şuni avvalroq qilmagan?”.

Tramp ötgan yilning kuzida 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qöyiş niyatini maʼlum qilgandi. Ğalaba qozongan taqdirda, u Ukrainadagi mojaroni hatto, “inauguratsiyadan oldin” hal qilişga vaʼda bergan. U bir neça bor Moskva va Kiyev örtasida tinçlik muzokaralari zarurligini taʼkidlagan. Bundan taşqari, siyosatçi AQŞning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga nisbatan qadamlarini tanqid qilib keladi: “U tizimli ravişda, lekin, ehtimol, ongsiz ravişda bizni uçinçi jahon uruşiga olib bormoqda”.

×