Joriy yilning 1 oktyabr kunidan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda Özbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yöl va avtoyöl ötkaziş punktlari orqali kirib-çiqişga ruxsat berildi. Bu haqda Maxsus komissiya bayonotida maʼlum qilingan.
Unga köra, avval joriy qilingan çeklovlar bekor qilinadi. Masʼul idoralarga çet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar ötkazib, barça turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yöl, avtobus qatnovlari) sonini köpaytiriş böyiça topşiriq berildi.
1 oktyabrdan boşlab, Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afğoniston bilan çegarada joylaşgan avtoyöl ötkaziş punktlari orqali Özbekistonga kirayotgan şaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekşiruvidan ötgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.
Manba: Effect.uz









