Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda xotin-qizlarning faol iştirokini inobatga olgan holda ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini yanada oşiriş, turli soha va tarmoqlarda öz qobiliyat va imkoniyatlarini röyobga çiqarişi uçun şart-şaroit yaratiş, huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlaş, onalik va bolalikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek, oila institutini mustahkamlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz raisligida 1 mart kuni xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlaş masalalari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişidagi maʼruzasida ham xuddi ana şu dolzarb masalalar qamrab olindi.

Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati, Namangan viloyat Adliya boşqarmasi, Kosonsoy tuman Adliya bölimi hamda “Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş Kosonsoy tuman bölimi bilan hamkorlikda Kosonsoy tumanidagi 4-sonli Musiqa va sanʼat maktabida ötkazilgan davra suhbatida ham Prezidentimiz tomonidan videselektor yiğilişida ham ilgari surilgan muhtarama ayollarga oid eng dolzarb masalalar aziz opa-singillar, onaxonlarning eʼtiboriga yetkazildi.
Xususan, Prezidentimiz tomonidan mazkur selektor yiğilişida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik kömak berilayotganligi, ayollar örtasida jinoyatçilik, oilada zöravonlik va tazyiq holatlari oldini olişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilayotganligi alohida taʼkidlab ötilib, xususan qizlarning yaxşi taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi borasida ular uçun taʼlim şaroitlarini kengaytiriş, 2022-2026 yillarga möljallangan “Xotin-qizlar taʼlimini qöllab-quvvatlaş dasturi işlab çiqiş” dasturi doirasida, xotin-qizlarni öqitiş uçun davlat-xususiy şerikçilik asosida töqimaçilik sohasida alohida universitet taşkil etilişi, Paxta-töqimaçilik va pillaçilik klasterlari iştirokida joylarda universitetning texnikumlari ham oçilişi aytilganligi yiğiliş iştirokçilarining eʼtiboriga yetkazildi.
Bundan taşqari, 2022 yil 1 iyuldan boşlab alimentdan bölgan qarzdorlikni davlat tölab berilişi, keyinroq majburiy ijro byurosi qarzdordan qarzlarni byudjetdan undirilişi kabi muhim yangilik ham farzandlar uçun aliment olişdagi eng katta muammo ham öz yeçimini topişidan dalolatdir.
Şuningdek, davra suhbati iştirokçilariga davlatimiz tomonidan Özbekistonda yoş farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy öqişga şaroit yaratilişi, yangi öquv yilidan boşlab magistraturada öqiyotgan qizlarning kontrakt pullari töliq byudjetdan qoplab berilişi haqidagi xabar ham yiğiliş iştirokçilariga juda katta yangilik böldi.
Davra suhbatida Namangan viloyat Adliya boşqarmasi bölim boşliği N.Yadgarova, Kosonsoy tuman Adliya bölimi boşliği Q.Avezmatov hamda “Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş Kosonsoy tuman bölimi boşliğining 1-örinbosari V.Tojiboyeva sözga çiqib, ayollarimizga hozirgi kunda tibbiyot sohasida yaratilayotgan şart-şaroitlar, yordamga muhtoj ayollarga subsidiya asosida uy-joylarni ajratib berişdagi talablar, mehnat qonunçiligida ayollarga belgilangan imtiyozlar xususida maʼruzalar qildilar.
Yiğiliş yakunida yiğiliş iştirokçilari bölgan opa-singillarning oila, nikoh, uy-joy, meros, aliment undiriş kabi masalalarga oid savollariga javob berilib, sayyor qabullar taşkil etildi.
Muhayyo DEDAMIRZAYEVA,
Namangan viloyat sudining sudyasi









