Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli masalalarini muhokama qiliş uçun ŞHTning Afğoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklaş vaqti keldi. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişidagi nutqida söz oçdi.
Prezidentning aytişiça, iqlim özgarişi bilan boğliq xavf-xatarlar mamlakatlarning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora köproq taʼsir körsatmoqda. Yuzaga kelgan vaziyat ŞHT doirasida özaro çambarças boğliq uşbu masalalar böyiça yagona kun tartibini şakllantiriş zaruratini taqozo etmoqda.
Özbekiston yetakçisi uşbu kun tartibini ilgari suriş maqsadida ŞHTning kompleks dasturlarni, texnologiyalar va ilğor bilimlar almaşinuvini muvofiqlaştiradigan ixtisoslaşgan mexanizmini taşkil etişni taklif etmoqda.
Şuningdek, Prezidentning aytişiça, 2035 yilga qadar suv va energetika samaradorligi sohasida ŞHTning texnologik hamkorlik dasturini işlab çiqiş bu yönalişdagi qadamlardan biri bölişi mumkin. Xalqaro transport yölaklarining keng tarmoqli tizimini şakllantirişni davom ettiriş öta muhim.
“ŞHTga aʼzo davlatlarning temir yöl makonlari integratsiyasi böyiça kengaş taʼsis etişni maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Logistika infratuzilmasini rivojlantirişni muvofiqlaştiriş va milliy transport tizimlarining çoksiz özaro boğlanişini taʼminlaşni uning ustuvor vazifasi sifatida köramiz”, deydi Özbekiston Prezidenti.
Şu bilan birga, Özbekiston yetakçisiga köra, Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni saqlaş mintaqa xavfsizligi va taraqqiyoti uçun fundamental ahamiyatga ega.
“Barçamizga yaratuvçan mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalaşgan, farovon qöşni mamlakat kerak. Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli masalalarini muhokama qiliş uçun ŞHTning Afğoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklaş vaqti keldi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Bundan taşqari, Prezident bugun ŞHT Xartiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi bayonnoma, şuningdek, Universal markaz va Antinarkotik markaz töğrisidagi nizomlarning qabul qilinişi taşkilotning institutsional rivojlanişida yangi bosqiçni boşlab berişiga işonç bildirgan.
“Toşkent şahrida Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça universal markazning samarali faoliyat yuritişi uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratamiz.
Madaniy-gumanitar hamkorlik bizning özgarmas ustuvor yönalişimiz bölib qolmoqda”, deydi Prezident.
Şuningdek, Özbekiston yetakçisi xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini yanada mustahkamlaş maqsadida 2028-2030 yillarga möljallangan anʼanaviy sanʼat va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylaş hamda ommalaştiriş böyiça hamkorlik dasturini tayyorlaşni taklif etgan.









