Keça – 2021 yilning 2 iyul kuni Özbekistonda TikTok hamda Twitter servislariga çeklov örnatildi. Xöş, ommabop Telegram messenjeri uçun bu borada xavotir yöqmi? Telegram Qöllab-quvvatlaş Markazi vakili Davronbek Rustamovning şu haqdagi maqolasini eʼtiboringizga havola etmoqdamiz.
Telegram’ning Özbekistondagi tarixidan
Ilk bor Telegram dunyoga 2013 yil avgust oyida iOS foydalanuvçilari uçun taqdim etildi va Android’dagi birinçi alfa versiyasi bir neça oydan söng – öşa yilning oktyabrida çiqdi.
Aynan şu oyning oxirida öşa paytda Özbekistonda maşhur bölgan yaşil messenjer işida jiddiy uzilişlar kuzatila boşlandi. Öşa vaqtlarda özbekinstonliklarning Telegram’ga qiziqişi paydo böldi – öşa paytdan boşlab «yaşil tomon»dan «kök tomon»ga oqim kuçayib bordi – va noyabr oyining boşlarida messenjer davlatdagi eng köp yuklab olingan dasturga aylandi.
U vaqtda Telegram dunyoda umuman maşhur emas edi, Özbekistonda esa aksinça maşhurlik oşib borayotgan edi. Öşandan beri messenjer mamlakatdagi eng ommabop IT-mahsulot deb hisoblanadi.
Özbekistonda bloklaş qayerdan paydo böldi?
2021 yil yanvar oyida ommaviy axborot vositalarida şaxsiy maʼlumotlar töğrisidagi qonunga özgarişlar kiritilişi töğrisidagi xabarlar eʼlon qilindi. Qonunga köra saytlar va boşqa tizimlar egalariga Özbekiston fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlarini Özbekistonda joylaşgan serverlarda saqlaş majburiyati yuklandi. Özgarişlar aprel oyida kuçga kirişi haqida xabar berildi.
“27¹-modda. Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlariga işlov berişning alohida şartlari.
Mulkdor va (yoki) operator Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan Internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir maʼlumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini taʼminlaşi şart”.
– Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonuni, 2021 yil 14 yanvar.
Talab mahalliy va xorijiy şaxsiy maʼlumotlarni saqlovçi va qayta işlovçilar (barça ijtimoiy tarmoqlar, xizmat va tizimlar, messenjerlar) uçun amal qiladi.
«Facebook, TikTok, Telegram va şu kabi kommunikatsiya platformalari öz texnik vositalarini Özbekiston hududiga ötkazişlari şart».
– Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining rasmiy sayti, 2021 yil 12 may.
Maʼlum qilinişiça, buning sabablaridan biri fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş va ularning şaxsiy maʼlumotlarini himoya qilişdir – agar fuqarolarning maʼlumotlari boşqa mamlakatda joylaşgan bölsa, ularni himoya qiliş ança qiyin böladi.
Qonunni amalga oşirişning texnik tomoni Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (xalq orasida Mininfokom deb nomlanadi) zimmasiga yuklatilgan.
Maʼlumot uçun: yuqorida aytib ötilgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi – Özbekistonda şaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilangan. Taşkilot şaxsga doir maʼlumotlar yuzasidan qonunçilik talablariga rioya etilişini ham nazorat qiladi.
Telegram böyiça vaziyat haqida nima deyiş mumkin?
Qonun rasmiy ravişda 14 aprelda kuçga kirdi. Öşa kundan boşlab kompaniyalarga muzokaralar olib boriş va harakatlarni boşlaş uçun bir oy muddat berilgan edi.
2021 yil 15 aprelda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Xalqaro aloqalar bölimi boşliği Umida Musayeva bilan suhbatda men uşbu qonunning yuqorida aytib ötilgan moddasining Telegram’dagi taʼsirini va ikki tomon örtasidagi aloqalarni yaxşilaş yöllarini muhokama qildim.
2021 yil 3 fevralda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazidan Telegram Messenger Liability Partnership’ga mamlakat hududidagi Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsiy maʼlumotlariga işlov beradigan texnik vositalarni joylaştiriş çoralarini 2021 yil 14 aprelgaça köriş töğrisida uçta tildagi rasmiy xat yuborilgan edi.
2 tildagi ilovalari bölgan asl xat elektron poçta orqali menga ham yuborildi.
Öşa kuni keçroq, Telegram bilan boğliq vaziyatning texnik tomoni, men Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Axborot xavfsizligi boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Azizjon Ismoilov bilan batafsilroq muhokama qildim.
U qonun talablarini bajarmagan kompaniyalarga nisbatan qöllaniladigan çoralarni tartibga soluvçi hujjat işlab çiqilganligi va u hujjat (öşa paytda) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanişi kutilayotganini tuşuntirdi.
Boşqa tafsilotlar qatorida, menga xabar berişlariça, Özbekiston tomoni messenjerdan foydalanişni çeklaş böyiça qatʼiy çoralarni iloji boriça körmaslikni istaydi, u faqat ijobiy niyatda va muzokaralar olib boriş va Telegram maʼmuriyati bilan umumiy aloqa nuqtalarini topiş uçun oçiq ekan.
Aytgança, baʼzi manbalar Telegram vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy 2021 yil may oyining örtalarida muzokaralar ötkaziş uçun Özbekistonga kelişi reja qilinayotgani haqida miş-mişlar tarqatgan edi.
Men va Axborot vazirligidan 24 iyunga köra maʼlumot – Özbekiston tomoni hanuzgaça Telegram’dan javob kutmoqda.
Ha, Pavel Durov voqealardan xabardor. Mendan ham.
Xöş, Özbekistonda Telegram bloklanadimi?
Bu oylar singari men hozir ham heç narsa deya olmayman, çunki men na qonun çiqaruvçiman, na Telegram qaror qabul qiliş jamoasi vakiliman.
Ammo şaxsiy fikrimni quyida batafsil yozib ötaman.
Telegram’ning faol foydalanuvçilari soni yarim milliarddan ziyod ekanligi va ularning hammasi dunyo böyiça 5 ta asosiy server örtasida tarqatilganini hisobga olsak, qöşimça Telegram serverlarining Özbekistonda joylaşişi ehtimoli kam. Bizning texnik tarafimiz yetarli darajada barqarorlik va ötkazuvçanlikni taʼminlay oladimi, nomaʼlum.
Men, şuningdek, aslida butun Özbekiston – maktab öquvçilarining guruh çatlaridan va iqtiboslar kanallaridan tortib davlat idoralarining rasmiy kanallari şuningdek maxfiyligi va (Telegram’da aloqaning şubhasiz xavfsizligi tufayli) ahamiyati yuqori bölgan çatlargaça – barçasi Telegram’dagi aloqada turganligini muhim omil deb bilaman.
Şunga qaramay, mamlakatdagi yuz minglab foydalanuvçilar va deyarli barça jiddiy korxonalar uçun muhim bölgan ijtimoiy tarmoq bir yil oldin bloklanganini eslaşimiz mumkin. Yaʼni öşa paytda jamoatçilik uçun uşbu tarmoqning ahamiyati haqidagi asos yetarli bölmagan edi.
Forbes Uzbekistan’ga bergan intervyuim şu mavzuga oid:
«Lokdaun nafaqat oflaynda, balki onlaynda ham amalga oşirildi.» Facebook mavjud bölmaganda, öz biznesingizni internetda qanday tarğib qiliş kerak.
– Forbes Uzbekistan.
Agar Telegram baribir bloklansa-çi?
Roskomnadzordan şunga öxşaş uriniş muvaffaqiyatsiz tugadi – ikki yil davomida uşbu idora Telegram’ga kirişni butunlay blokirovka qilişga urindi, ammo proksi-serverlar va VPN öz kuçini körsata oldi (baʼzi hollarda esa messenjer heç qanday yordamçi vositasiz ham işlagan) – rossiyaliklar Telegram’dan foydalanişda davom etişlari mumkin edi.
Natijada, Roskomnadzor Rossiyada Telegram’ni rasman blokdan çiqardi.
Messenjerga kirişni qisman yoki töliq çeklaşga urinişlar bölgan taqdirda, foydalanuvçilar proksi-serverlardan va öşa-öşa VPN’lardan foydalanişni boşlaşadi.
Bu özbekistonliklarning hayotini murakkablaştirişdan taşqari boşqa salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Masalan, blokirovka qiliş şaroitlaridan suiisteʼmol qiliş va texnik vositalardan şaxsiy manfaat uçun foydalaniş (aniq uslublarni oşkor qilmoqçi emasman) şuningdek ham şaxsga/kompaniyalarga, ham butun ommaga köproq zarar yetkaziş holatlari köpayişi mumkin.
Umid qilamanki, barça davlat idoralari uşbu masalaga ehtiyorkorlik va masʼuliyat bilan yondaşadi.
Siz bilan biz esa voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz. Ayrim ijtimoiy tarmoqlar blokanişni boşladi.
«Qonun talablariga zid ravişda Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlariga işlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş çeklandi»
– Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça Davlat inspektsiyasi, 2-iyul 2021.
Nima bölsa ham Telegram Uzbekistan barça voqealar töğrisida sizni xabardor qilib turadi va bundan keyin ham Telegram’dan foydalanişingizni yanada oson va qulay qilişga yordam beradi.









