Bugun, 13 iyul kuni Qirğiziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuçli yomğir yoğişi natijasida sel oqimlari hosil bölgan. Uşbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan ötuvçi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan.
Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boşliqlari, Prokuratura organlari xodimlari çiqişgan hamda vaziyat nazoratga olingan.
Rasmiy xabarga köra, hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Hududda FVV qutqaruvçilari tomonidan qidiruv-qutqaruv işlari amalga oşirilmoqda.
Holat böyiça dastlabki tergovoldi tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Hodisa yuzasidan qöşimça maʼlumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sel natijasida soyda odamlar oqib ketayotgani tasvirlangan videolar tarqalgandi.









