Neft narxi 10 yillik maksimumini yangiladi

Neft narxi 10 yillik maksimumini yangiladi

Bugun, 7 mart kuni Brent neftining narxi 2008 yildan beri birinçi marta bir barrel uçun 130 dollardan oşdi. Bunday yuqori narx sönggi bor 2012 yilda kuzatilgan – 128 dollar.

Toşkent vaqti bilan soat 04:28 holatiga köra, Brent markali neftning may fyuçerslari narxi 9,35 foizga oşib, barreli uçun 129,06 dollarni taşkil qildi. WTI aprel fyuçerslari 9,68 foizga oşib, 126,12 dollarni taşkil qildi.

Şu bilan birga, savdo maʼlumotlariga köra, soat 04:06 da Brent neftining narxi taxminan 130,3 dollarga yetgan. Maksimal qiymat 130,89 dollarni taşkil etgan.

Ayni paytda, London ICE Futures birjasi maʼlumotlariga köra, Brent neftining narxi yuqoriroq darajaga yetgan: soat 04:02 da şu tur neftning bir barreli 138 dollarga baholangan.

Brent neftining tarixiy maksimal narxi 2008 yilning iyul oyida erişilgan va bir barrel uçun 147,5 dollarni taşkil qilgan.

Ukrainadagi voqealar tufayli butun dunyoda neft, gaz va ularni qayta işlaş mahsulotlari, jumladan, benzin narxi oşib bormoqda. Qöşma Ştatlar hozirda Ukrainadagi uruş uçun sanktsiyalar doirasida Rossiya neftini sotib olişni taqiqlaş masalasini faol muhokama qilmoqda.

×