Özbekiston va Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada qolib ketgan yuk maşinasi haydovçilarini Rossiya çegarasidan ötkazib yuboriş masalasi ustida işlamoqda. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi maʼlumotiga köra, konsullik boşqarmasining koll-markazi Ukraina hududidan Rossiyaga xalqaro avtomobil nazorat punktlari (XANP) orqali çiqib keta olmayotgan avtomobilda yuk taşuvçi özbekistonliklarning murojaatlarini qabul qilişni davom ettirmoqda.
Qayd etilişiça, kelib tuşayotgan murojaatlar asosida röyxatlar tuzilib, Rossiya Taşqi işlar vazirligiga Ukraina-Rossiya davlatlararo çegarasida XANP orqali transport vositalarining ötişiga yordam beriş sörovi bilan rasmiy ravişda murojaat qilinmoqda. Bir vaqtning özida uşbu masalalar böyiça Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ham iş olib borilmoqda.
Ayni paytda, Rossiya tomoni kömagida özbekistonlik 12 nafar avtotaşuvçi mamlakatga kiritilgan. Ularning 8 nafari Ukrainaning Sumi viloyatida, 3 ta avtomobil Xarkov viloyatida, 1 ta avtotransport Rossiya çegarasidan Ukrainaga ötuvçi “Nexoteyevka” neytral hududining nazorat ötkaziş punktida bölgan.
Xabarlarga köra, 5 nafar Özbekiston fuqarosi Ukraina hududida, çegara çiziğidan uzoqroq masofada, 4 ta yuk maşinasida bölib turibdi. Vaziyat barqarorlaşib, xavfsiz ötiş imkoniyati yuzaga kelgaç, ularning çegaraga yetib kelişi kutilmoqda.
Elçixona va Boş konsulxonaning maʼlum qilişiça, zarurat tuğilganda fuqarolar quyida körsatilgan işonç telefonlariga murojaat qilişi mumkin:
Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Don şahridagi Boş konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82.









