Davlat xavfsizlik xizmati Pokiston va Afğonistonda halok bölgan ekstremistik ğoya taʼsiridagi oilaning yetim qolgan bolalarini Özbekistonga qaytardi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
Andijonda 1982 yil tuğilgan Farhod Hamroqulov işlaş uçun Rossiya Federatsiyasiga ketadi. Keyinroq u turmuş örtoği Raʼno Hamroqulova (1984 y.t.) va 3 nafar farzandini öz oldiga çaqirib oladi. Rossiyada ekstremistik ğoyalar taʼsiriga tuşib qolgan Farhod Hamroqulov oilasini olib, Ozarboyjon va Eron orqali Pokistonga boradi va «Turkiston islom harakati»ga qöşiladi.
2012 yilning avgust oyida Farhod Hamroqulov Pokiston hukumati qöşinlarining terrorçilarga qarşi ötkazgan harbiy amaliyoti natijasida halok böladi.
Uning ölimidan söng 3 nafar farzandi bilan beva qolgan Raʼno Hamroqulova 2013 yilda boşqa bir jangari bilan nikoh quradi. 2014 yilning kuzlarida ular Afğonistonga köçib ötişadi va qizi Rayyona tuğiladi. Ammo, 2018 yil Raʼno Hamroqulova sargardonlikda orttirgan oğir xastalikdan vafot etadi.
2018 yilning avgust oyida DXX ota-onasiz qolgan bolalarning 2 nafari — Osiyoxon (2009 y.t) va Rayyonalar (2014 y.t) Özbekistonga olib kelib, bobosi va buvisi qaramoğiga topşirgan.
May oyida Raʼno Hamroqulovaning onasi qolgan ikki nafar nabirasini ham qaytariş borasida DXXdan yordam söragan. Kuni keça Bibioyşa (2003 y.t) va Şerzodbeklar (2005 y.t) ham yaqin qarindoşlari bağriga qaytarildi.
«Endi bu bolalar mamlakatimizda yaşayotgan tengqurlari qatori zamonaviy maktablarda taʼlim olib, kelajakda vatan koriga yaraydigan şaxslar bölib ulğayadilar», – deyiladi xabarda.
30 may kuni Özbekistonning 156 nafar fuqarosi, asosan ayollar va bolalar Suriyadan Toşkent şahriga olib kelingan edi.









