Surxondaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali «Hijrat» va «Jihod»ga daʼvat qilib kelayotgan şaxs qölga olindi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati.
Qayd etilişiça, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi, DXX viloyat boşqarmasi hamda Şörçi tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş guruhi xodimlari tomonidan mavjud maʼlumotlar asosida Şörçi tumanida tezkor tadbir ötkazilgan
Unda şu tumanda yaşovçi S.Bekmurod (ism şarif özgartirilgan)ga tegişli bölgan 1 dona qora rangli «Samsung Galaxy J6» rusumli telefon apparati xotirasi va unda oçilgan internet ijtimoiy tarmoqdagi manzillari mutaxassis iştirokida közdan keçirilganida uning raqamiga faollaştirilgan «Sadr Bekmurod» nomli Telegram akkaunti (akkaunt nomi şartli ravişda özgartirilgan) mavjud bölib, mazkur akkaunti orqali Özbekiston Respublikasi Qonunçiligida taqiqlangan şaxslarning «Hijrat» va «Jihod»ga çorlovçi video va audio materiallarni telegramdagi köplab yaqin aloqalariga tarqatib, daʼvat qilib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, 2022 yil 21 yanvar kuni fuqaro S.Bekmurodga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









