Farğona viloyatining Yozyovon tumanida uyida qimorxona taşkil qilgan şaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 17 noyabr kuni tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan “Yuqori Soyböyi” MFY hududida yaşovçi Q.K. yaşaş xonadonida 3 kişiga qimor öynaşi uçun şaroit yaratib bergani aniqlangan. Xonadondan 32 dona öyin kartasi va 870000 söm miqdoridagi pullar daliliy aşyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona taşkil etiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş)da körsatilgan jinoyatni sodir etgan şaxs yetti yilgaça ozodlikdan maxrum qiliş bilan jazolanadi.









