Özbekistonning Kiyevdagi elçixonasi Ukrainada taʼlim olayotgan özbekistonlik talabalarga öqişni öz Vatanlarida masofaviy şaklda davom ettiriş imkoniyatlarini körib çiqişni tavsiya qildi. Bu haqda elçixona Matbuot xizmati xabar berdi.
“Özbekiston Respublikasi talaba-fuqarolarining Özbekistonga vaqtinçalik jönab ketiş holatlarida Ukraina oliy öquv yurtlarida öqişlarini saqlab qoliş masalasi böyiça köplab murojaatlari munosabati bilan elçixona quyidagilarni maʼlum qiladi.
Ukraina Taʼlim va fan vazirligi 2022 yil 25 yanvardagi 1/1266-sonli va 2022 yil 15 fevraldagi 1/2588-22-sonli xati bilan Ukrainaning barça oliy öquv yurtlariga masofaviy taʼlimni joriy etişni tavsiya qildi. Talabalar öqişni mustaqil ravişda tark etiş istagini bildirgan hollar bundan mustasno, har qanday sababga köra.
Uşbu qoida tibbiyotdan taşqari barça mutaxassisliklar talabalariga tegişli.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda havo qatnovida kuzatilgan uzilişlarni hisobga olib, Özbekiston Respublikasi talabalariga öz vatanlarida öqişni masofaviy şaklda davom ettiriş imkoniyatlarini körib çiqiş tavsiya etiladi”, deyiladi murojaatda.









