Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi harbiy amaliyoti tufayli Rossiyaga qarşi törtinçi sanktsiyalar paketini işlab çiqmoqda. Bu haqda bugun, 2 mart kuni Avstriya Taşqi işlar vaziri Aleksandr Şallenberg maʼlum qildi.
“Biz allaqaçon kuçli sanktsiyalar kiritganmiz. Törtinçi paket ustida işlayapmiz. Juma kuni Yevroittifoq taşqi işlar vazirlarining AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken bilan maxsus uçraşuvi bölib ötadi”, dedi u.
Şallenbergning fikriça, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan çeklov çoralari allaqaçon öz samarasini bergan.
“Birjalar yopildi. Rubl sezilarli darajada pasaymoqda. Yevropa Ittifoqi birinçi marta muşaklarini körsatdi", deya qöşimça qilgan u.
Avstriya taşqi işlar vazirining sözlariga köra, yangi sanktsiyalar yirik biznesmenlarga taʼsir qiladi, maxsus röyxatlar tayyorlanmoqda.
“Keyingi asosiy maqsad, taʼbir joiz bölsa, yuqori oligarxlar böladi. Biz işlayapmiz, allaqaçon yangi röyxatlar mavjud”, deydi Şallenberg.









