Yevroittifoq isroilliklarga qarşi sanktsiyalarni maʼqulladi

Yevroittifoq isroilliklarga qarşi sanktsiyalarni maʼqulladi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari keça, 11 may kuni Ğarbiy Sohilda falastinliklarga qarşi zöravonliklarda ayblanayotgan isroillik köçmançilarga qarşi sanktsiyalarni rasman tasdiqladi. Bu haqda Yevropaning “Politico” naşri xabar berdi.


“Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari falastinliklarga qarşi zöravonlik qilgan isroillik köçmançilarga sanktsiya joriy qilişga ruxsat berdi. Şuningdek, ular HAMAS rahbarlariga qarşi yangi sanktsiyalarni ham maʼqullaşdi. Tösiqdan amaliy harakatga ötiş vaqti kelgan edi. Ekstremizm va zöravonlik oqibatsiz qolmaydi”, deb yozgan Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça rahbari Kaya Kallas Bryusseldagi yiğilişdan keyin X tarmoğida. Jan-Noel Barro ham keskin bayonot bergan.
“Iş bitdi. Yevropa Ittifoqi bugun Ğarbiy Sohildagi ekstremistik va zöravon kolonizatsiyani qöllab-quvvatlagan asosiy isroil taşkilotlari va ularning rahbarlariga sanktsiya joriy qilmoqda. Bu öta oğir va qabul qilib bölmaydigan harakatlar zudlik bilan töxtatilişi kerak”, degan Borro.

Sanktsiyalar asosan Ğarbiy Sohilda falastinliklarga qarşi hujumlarga aloqador şaxslarga qaratilgan. Biroq Yevropa Ittifoqida ayrim davlatlar yanada qattiqroq çoralarni talab qilmoqda. Frantsiya va Şvetsiya aholi punktlari bilan savdoni çeklaş tarafdori. Yevropa Ittifoqi – Isroil assotsiatsiya kelişuvini töxtatiş kabi kengroq takliflar esa, hali ham ittifoq içida bahsli masala bölib qolmoqda.

“Noqonuniy isroil aholi punktlari bilan savdoni çeklaş masalasi muhokama qilindi. Köplab aʼzo davlatlar bu işni davom ettirişni talab qildi. Şuning uçun Yevropa Komissiyasi bilan birgalikda yangi takliflar ustida işlaşda davom etamiz”, degan Kaya Kallas jurnalistlarga.

Bryusseldagi yiğilişda qatnaşgan Kanada Taşqi işlar vaziri Anita Anand ham Ottava isroillik köçmançilarga qarşi qöşimça çoralarni körib çiqayotganini aytgan.

Isroil bu sanktsiyalarga tezda qarşi çiqdi. Isroil Taşqi işlar vaziri Gideon Saar qarorni siyosiy va asossiz deb atadi hamda Yevropa Ittifoqini faqat siyosiy qaraşlari uçun Isroil fuqarolarini nişonga olişda aybladi.

“Isroil yahudiylarning öz vatani yuragida yaşaş huquqini himoya qilib kelgan, hozir ham himoya qiladi va bundan keyin ham himoya qiladi”, deb yozgan u X tarmoğida.

Yevropa diplomatlari Vengriyada hukumat almaşgaç, sanktsiyalar nihoyat qabul qilinişini kutgan edi. Yangi Boş vazir Peter Madyar keng qöllab-quvvatlanayotgan sanktsiya paketlariga tösqinlik qilmasligini bildirgan. Uning ötmişdoşi Viktor Orban esa, qolgan barça Yevropa Ittifoqi davlatlari qöllab-quvvatlaganiga qaramay, bir neça oy davomida paketni bloklab kelgan edi.


×