Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan anʼanaga muvofiq navbatdagi afvni eʼlon qilişi kutilmoqda. Bu galgi afv birmunça kattaroq miqyosda bölişi mumkin ekan. Bu haqda bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning özida ikki marta afv etişga oid hujjatni imzolagan edi. Joriy yilning fevral oyida imzolangan “Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi Prezident farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan jazo muddatini ötayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 41 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştirildi.
Şuningdek, 14 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 2 nafarini ayollar taşkil etdi.
Şuningdek, xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etiş töğrisida”gi Farmon imzolandi.
Farmonga muvofiq jazo muddatini ötayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.
Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan töliq ozod qilindi, 29 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliadi, 17 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştirildi, bir söz bilan aytganda, 58 nafar ayol jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilindi. Şuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 7 nafarini çet el fuqarolari taşkil etadi.
Qalampir.uz









