"Tolibon" Tojikiston bilan çegaradagi muhim şahar — Qunduzni egallab oldi

"Tolibon" Tojikiston bilan çegaradagi muhim şahar — Qunduzni egallab oldi

"Tolibon" radikal harakati jangarilari Qunduzdagi asosiy hukumat binolarini egallab olişdi. Bu haqda Ğarb matbuoti mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bermoqda.

"Tolibon" jangarilari Afğoniston şimoli-şarqidagi Qunduz şahridagi hukumat binolarini nazorat ostiga olişdi. Hukumat ayni dama aeroport va uning bazasini nazorat qilmoqda.

"Tolibon" matbuot kotibi Zabiulla Mujohidning aytişiça, harakat hukumat binolarining köpini, şu jumladan mahalliy içki xavfsizlik boşqarmasini egallab olgan va aeroportga yaqinlaşgan.

Qunduz strategik nuqtai nazardan muhim örinni egallaydi. U Qunduz Tojikiston bilan çegaradoş bölgani uçun Afğoniston va Markaziy Osiyoning şimoliy viloyatlari darvozasi deb ataladi.

9 avgust kuni Afğoniston Mudofaa vazirligining xabar berişiça, hukumat qöşinlari oxirgi bir kun içida Qandahor, Hirot, Gilmand, Paktiya va boşqa viloyatlarda 570 dan ortiq "Tolibon" jangarisini yöq qilgan. Nangarxar, Xost, Logar, Hirot, Jauzjon, Samangan, Gilmand, Taxor, Badaxşon va Qunduz şaharlarida janglar davom etmoqda.

×