Davlatimiz rahbari Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yölladi.
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar!
Qurolli Kuçlarimiz xizmatçilari va faxriylari!
Qadrli vatandoşlar!
Avvalo, öz hayotini ona yurtimizni himoya qilişdek uluğ va olijanob işga bağişlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda köpmillatli butun xalqimizni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana şu qutluğ ayyomda jonajon Vatanimizga sadoqat, azmu şijoat kabi el-yurtimizga xos yuksak fazilatlarning qadr-qimmati va ahamiyatini, ular hayotimizda tobora mustahkam örin egallab borayotganini yanada teran anglaymiz va özining jangovar faoliyati bilan buni amalda isbotlab kelayotgan sizdek ğoyat olijanob kasb egalarini şaraflaymiz.
Şu bilan birga, jangovar burçini ado etişda mardlarça halok bölgan fidoyi harbiy xizmatçilarimizning nurli va sönmas xotirasiga çuqur hurmat bajo keltiramiz.
Aziz döstlar!
Istiqlol davrida Özbekiston armiyasi juda murakkab va şarafli yölni bosib ötdi. Yoş davlatimizning öta oğir şakllaniş yillarida aynan Qurolli Kuçlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinç hayoti va farovonligini taʼminlaş, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşirişning işonçli kafolati bölib xizmat qilganini barçamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.
Keyingi yillarda amalga oşirgan tub islohotlarimiz tufayli tarixan qisqa davrda Özbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini işonçli himoya qilişga qodir bölgan, tezkor va ixçam milliy armiyani taşkil etişga erişmoqdamiz.
Ana şunday buyuk tarixiy jarayonda xalqimizning harbiy sohadagi boy merosiga tayanib, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkarda bobolarimizning jangovar anʼanalarini munosib davom ettirib kelayotgan, jismoniy va maʼnaviy yetuk, zamonaviy bilim, qurol-yaroğ va texnikalarni puxta egallagan, davlat va xalq manfaatlari uçun har qanday sinov va maşaqqatlarni yengib ötişga tayyor bölgan harbiylarimiz doimo faol iştirok etib kelayotganlari har qanday yuksak eʼtirofga munosibdir.
Şu maʼnoda, muqaddas qasamyodiga hamişa sodiq, el-yurt himoyasi yölida metin qalqon bölgan mard va jasur harbiylarimiz Özbekistonning çinakam vatanparvar bahodirlari, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Xalqimiz özining sizlar kabi botir va dovyurak farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravişda faxrlanadi.
Muhtaram yurtdoşlar!
Keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu tamoyil asosida ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimiz armiyaning har tomonlama yordami va kömagini hayotning barça sohalarida amalda his etmoqdalar. Ayniqsa, murakkab sinov davri bölgan pandemiya paytida va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etişda, biz uçun heç narsa bilan ölçab, qiyoslab bölmaydigan bebaho boylik – tinçlik va osoyiştalikni asraş va himoya qilişda bu yakdillik yanada yaqqol namoyon bölmoqda.
Hozirgi vaqtda butun jamiyatimizda, jumladan, Qurolli Kuçlarimiz tizimida amalga oşirilayotgan tub islohotlarda “Inson qadri uçun” degan muhim tamoyil markaziy öringa qöyilayotgani sizlarga yaxşi maʼlum.
Şu asosda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan barça harbiylar, muhtaram faxriylarimizning Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini munosib qadrlaş, ularni moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş, kundalik hayotidagi muammolarini hal etişga kömaklaşiş, ularning oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qiliş borasidagi işlarimiz yildan-yilga yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Heç şubhasiz, hayotimizning barça jabhalarini qamrab olayotgan bunday jadal özgarişlar yurtimizda harbiy xizmatning obrö-eʼtibori, armiya va xalq birligi yangiça mazmunga ega bölib, yoşlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlaniş tuyğusi, Vatan himoyaçisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Muhtaram vatandoşlar!
Bugungi globallaşuv va keskin raqobat davri, dunyoning turli burçaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarşiliklar, yangi tahdid va xatarlar oldimizga keçiktirib bölmaydigan dolzarb vazifalarni qöymoqda. Ana şunday ğoyat masʼuliyatli vaziyatda mamlakatimizda tinçlik va osoyiştalikni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kafolatlaş va himoya qilişda Qurolli Kuçlarimiz, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning örni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu haqiqatni hisobga olgan holda, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlaş va Qurolli Kuçlarimiz qudratini oşiriş Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilandi. Uşbu vazifalarni amalga oşirişda Qurolli Kuçlarimiz qömondonlik tarkibi joylardagi hokimiyat idoralari va xalqimiz bilan birgalikda bir tanu bir jon bölib harakat qilişlari kerak.
Harbiy xizmatçilar, ayniqsa, komandirlar tarkibining professional tayyorgarligini oşiriş milliy armiyani yanada rivojlantirişning eng muhim şarti bölib qolmoqda. Bu borada Qurolli Kuçlar Boş ştabi hamda harbiy okruglar boşqaruv apparatlari ofitserlarini, brigada komandirlari va ularning örinbosarlarini öqitiş böyiça Qurolli Kuçlar akademiyasida joriy etilgan yangi tizimning yuksak samaradorligini taʼminlaş – dolzarb vazifadir.
Şu munosabat bilan harbiy taʼlim va ilm-fan tizimida boşlangan islohotlarni izçil amalga oşiriş, soha uçun kadrlar tayyorlaşda nazariya va amaliyotni imkon qadar yaqinlaştirişga alohida eʼtibor qaratiş lozim.
Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnikalar bilan taʼminlaş böyiça kompleks dasturlarni tayyorlaşda bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan harbiy mojarolar xususiyatlarini, qöşinlarni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini hisobga oliş maqsadga muvofiqdir. Bu borada eng zarur qurol-aslaha va anjomlarni sotib oliş, ularni yangi jangovar tizimlar bilan birgalikda qöllaş va takomillaştirib boriş eʼtiborimiz markazida bölişi zarur.
Jahon axborot makonida keskin kuraş ketayotgan hozirgi vaziyatda muhim obʼektlarda axborot xavfsizligini taʼminlaş böyiça kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş ham davr talabidir.
Harbiy xizmatçilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltiriş, aholi, birinçi navbatda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuçlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilişni kuçaytiriş borasidagi işlarimizni bundan buyon ham izçil davom ettiramiz.
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar,
Qurolli Kuçlarimiz xizmatçilari va faxriylari!
Uşbu qutluğ ayyomda fidokorona xizmatlaringizni alohida taʼkidlab, sizlarning faol saʼy-harakatlaringiz bilan Özbekiston armiyasi izçil rivojlanib borayotganini, uning jangovar qobiliyati ortib, mudofaa qudratimiz mustahkamlanayotgani, xalqimizning osoyişta hayoti taʼminlanayotganini yana bir bor yuksak ğurur bilan eʼtirof etamiz.
Fursatdan foydalanib, ana şunday samarali xizmatlaringiz uçun sizlarga, möʼtabar tuproğimizni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş yölida olijanob va masʼuliyatli burçini munosib ado etib kelayotgan barça jasur öğlonlarimizga, ularning ota-onalari va oila aʼzolariga çin dildan minnatdorlik bildiraman.
Barçangizni Özbekiston Qurolli Kuçlari taşkil etilganining şonli 30 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam soğlik, oilaviy baxt-saodat, tinçlik va farovonlik tilayman.
Milliy armiyamiz saflaridagi şarafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor bölsin!
Kuç-ğayratingiz, şaʼnu şarafingiz yanada ziyoda bölsin!
Jonajon Özbekistonimizga sadoqat bilan xizmat qilişdan heç qaçon çarçamang, mard va jasur Vatan posbonlari!









