Zelenskiyni öldiriş uçun yuborilgan Qodirov guruhi yöq qilingani aytilmoqda

Zelenskiyni öldiriş uçun yuborilgan Qodirov guruhi yöq qilingani aytilmoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni yöq qiliş uçun kelgan çeçen harbiylari yöq qilindi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksey Danilov maʼlum qildi.

“Prezidentimizni yöq qiliş böyiça bevosita “qodirovçilar” tomonidan amalga oşirilişi kerak bölgan maxsus operatsiya bugun bizga töliq maʼlum. Aytişim mumkinki, biz bugungi kunda bu qonli uruşda qatnaşişni xohlamaydi Federal xavfsizlik xizmati vakillaridan maʼlumot oldik. Buning şarofati bilan aytişim mumkinki, prezidentimizni yöq qiliş uçun maxsus yuborilgan Qodirovning elita guruhi yöq qilindi”, degan Danilov.

U şuningdek, “Qodirov guruhi” ikki guruhga bölinganini ham qöşimça qilgan.

“Biz ularni kuzatdik. Bir guruh Gostomelda qurşab olindi, boşqa guruh hozir, aytaylik, nişonda”, degan Danilov.

×