Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov prezident qaysi lavozimni ravo körsa, u hatto qabriston qorovulligi bölsa-da, sadoqat bilan işlaşga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda u bugun, 3 dekabr kuni yangi yildan iş boşlaşi közda tutilgan va ayni kunga qadar saralab olingan «hokim yordamçi»lari bilan suhbatda aytgan.
Hokim dastlab ularga işni nimadan boşlaş haqida maslahat bergan bölsa, söngra «hokim yordamçi»lari masʼuliyati haqida töxtaldi.
«Siz öta masʼuliyatli va şaxsan prezidentimiz işonib topşirayotgan lavozimda iş boşlaysiz. Şu bois, mehnatingiz va sadoqatingiz bilan xalqning muşkulini oson qiling. Odamlarning mehrini qozonib, hokim va vazir lavozimlariga ham munosib ekanligingizni körsating. Şaxsan men, hozir hokim lavozimini bajarayotgan bölsam-da, ertaga prezidentimiz qabriston qorovulligini bajarasan desalar ham işonçni oqlab, astoydil işlab, sadoqatimni körsataman. Bu lavozim ham siz uçun imkoniyat eşigi, undan foydalaning», — degan tuman hokimi.









