Xalqaro boks assotsiatsyasi (AIBA) Rossiya va Belarusni musobaqalarga taklif qilmaydi. Bu haqda taşkilot bayonotida söz borgan.
Bayonotga köra, Rossiya va Belarus boksçilari AIBA taşkil qiladigan musobaqalarda iştirok etmaydi. Şuningdek, uşbu ikki davlatda ötkazilişi belgilangan barça tadbirlar bekor qilinadi
“AIBA Xalqaro Olimpiya qömitasining (XOQ) tavsiyasini va Ukrainadagi vaziyatni inobatga olgan holda, qaror qabul qildi. Yaʼni, AIBA özi taşkil qiladigan boks musobaqalariga Rossiya va Belarus sportçilari, hakamlari va rasmiylarini taklif qilmaydi. Buni amalga oşirişda taşkiliy yoki huquqiy sabablarga köra, muammo paydo böladigan bölsa, ikki davlat boksçilari neytral maqom ostida musobaqalarda iştirok etişi mumkin. Şuningdek, joriy yilda Rossiya va Belarusda ötkazilişi rejalaştirilgan xalqaro boks tadbirlari bekor qilinadi. AIBA sport insoniyat tinçligi va taraqqiyoti yölida xizmat qilişiga işonç bildiradi”, deyilgan bayonotda.
Rossiya sportiga kiritilgan çeklovlar
Rus qöşinlari Ukrainaga kirgaç, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni taşkilot faxriy prezidenti va elçisi maqomidan mahrum qildi.
Polşa, Çexiya va Şvetsiya futbol terma jamoasi Jahon çempionatiga saralaş doirasida Rossiya bilan öyinga borişdan boş tortdi.
Yevropa futbol uyuşmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Çempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg şahridan Parijga köçirilganini maʼlum qildi.
FIFA hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barça futbol musobaqalaridan çiqarib taşladi.
Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolçilar va rasmiy şaxslarni taşkilot şafeligidagi barça musobaqalarda iştirok etişdan çetlaştirdi.
Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni töxtatganini maʼlum qildi. Şuningdek, Germaniyaning "Şalke 04" klubi va UEFA'ning özi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni töxtatdi.
Xalqaro Paralimpiya qömitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya öyinlaridan çetlatdi.
Şuningdek, 2023 yilda Rossiyaning Qozon şahrida bölib ötadigan Maxsus Olimpiada öyinlari bekor qilindi.









