Ukraina Apple’ga iltimos bilan çiqdi

Ukraina Apple’ga iltimos bilan çiqdi

Ukrainaning Raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fyodorov Apple kompaniyasi boş direktori Tim Kukka murojaat qilib, rossiyaliklarni AppStore'dan uzişni söradi. Bu haqda u özining Telegram kanalida maʼlum qildi. 

Şuningdek, u Kukdan AQŞ sanktsiyalarini qöllab-quvvatlaşni va Rossiya mahsulotlarini Apple ilovalari dökonidan yuklab olişni töxtatişni söragan.

Vazirning yozişiça, “zamonaviy texnologiya tanklar, raketa tizimlari va snaryadlarga qarşi eng yaxşi javobdir”.

“Işonçimiz komilki, bunday harakatlar (AppleStore'dan uziliş) Rossiya yoşlari va faol aholisini şarmandali harbiy tajovuzga faol qarşi turişga undaydi”, deb yozgan vazir.

Aytiş joizki, keça, 25 fevral kuni Tim Kuk özining Twitter sahifasida Ukrainadagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanini yozgan, 

“Biz u yerdagi hamkasblarimiz uçun qölimizdan kelganini qilamiz va mahalliy darajada insonparvarlik yordamini qöllab-quvvatlaymiz. Men xavf ostida qolgan odamlar haqida öylayman va tinçlikka çaqirayotganlarning barçasiga qöşilaman”, deya yozgan u.

×