Rasmiy Kiyev Ukrainadagi vaziyat keskinlaşgan taqdirda Turkiyadan Rossiya kemalari uçun Bosfor va Dardanel böğozlarini yopişni söradi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elçisi Vasiliy Bondar maʼlum qilgan.
Vasiliy Bondarning sözlariga köra, Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining kemalari Kiyev uçun “katta xavf” tuğdirmoqda.
Uning qöşimça qilişiça, Ukraina “tomonlar örtasida maslahatlaşuv usullaridan tortib, mintaqadagi xavfsizlik tahdidlariga javob berişning umumiy mexanizmini yaratişgaça bölgan qator taşabbuslarni” taklif qilgan.
Bundan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan NATO davlatlari yetakçilari Ukraina-Rossiya munosabatlaridagi inqirozni yumşatiş uçun jiddiy çoralar körmaganini aytgandi.









