“Kimlarnidir medal olgisi kelyapti, bu ularga ham noxolis OAV uçun ham uyat” – deputat “snos” işlarini qoraladi

“Kimlarnidir medal olgisi kelyapti, bu ularga ham noxolis OAV uçun ham uyat” – deputat “snos” işlarini qoraladi

Oliy majlis deputati Rasul Kuşerbayev Özbekistonda sodir bölayotgan “snos” işlarini qoralab çiqdi.

Rasul Kuşerbayevning aytişiça, sönggi kunda olib borilayotgan “snos” işlarini “Özbekiston 24” kanali noxolisona yoritmoqda va bu ular uçun uyat.

Oxirgi vaqtlarda bölayotgan işlarni körib, odamlarni norozi qilgan “snos” epidemiyasining ikkinçi tölqini boşlanganligiga guvoh bölayapman. Afsuski bu safar yillab fuqarolarning peşona teri bilan pul topib, qurgan uylarini buzdiriş “aktsiyasi”da faqat hokimlar emas, ular bilan birga aslida va idealda fuqarolarning huquqlarini himoya qilişga masʼul va vakolatli idoralar vakillari ham turib, fuqarolarga qarşi zöravonlik olib borayotgani odamni juda xafa qiladi. Himoya qiladiganlarning özidan himoya kerak bölsa, dodingni kimga aytasan. Ayniqsa, Toşkent va Surxondaryo viloyatlaridan kelayotgan murojaatlar ötgan yilgi hunuk va prezidentni xafa qilgan voqealarning qayta boşlanişiga sabab böladi, degan havotir paydo qilmoqda. Rasmiy davlat OAV, xususan “Özbekiston 24” kanali esa masalaning tubiga yetmay, vaziyatni xolis örganmay turib, bir tomonlama fuqarolarni aybdor qilib körsatmoqda.Göyoki prokuratura va hokimliklar haq-u, fuqarolar nohaq deganday. Umid qilamanki bu buyurtma emas. Tağin kim biladi... Aslida bunday uylarning qurilişiga öz vaqtida masʼullar ruxsat bermasa,davlat yeridan özboşimça uy joyni qurib olişga kimning jurʼati yetadi. Bizni fuqarolar qonunlardan qörqadi, davlat bilan öynaşmaydi. Körinib turganidek, bu yana masʼullarning navbatdagi“oçko”oliş baxsi, kimlardir orden va medal olgisi kelgani aniq. Bu ularga ham noxolis OAV uçun ham uyat. Ayrim zöravon masʼullarning öquvsiz, bilimsiz va qonunlardan bexabarligini inobatga olib, ularga Oliy Majlis qabul qilgan vaprezident qöl qöyib amalda bölgan“Maʼmuriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunni öqişlarini tavsiya qilgan bölar edim. Zora heç bölmasa şu qonunni hurmat qilib, fuqarolar bilan munosabat qilişga ötilsa. Sönggida zöravon masʼullarga odamlarni qiynab medal olgisi kelmasdan agar adolatli bölişsa xalq medaldan ham  ortiğini berişi, bu oliy neʼmat işonç va hurmat ekanligini eslatmoqçiman. Öylab köring vakolatli “zöravonlar”! Gap egasini topadi...

Manba: Effect.uz

×