Kiyev rejimi Ğarb kömagida IŞID va Yaqin Şarqdagi boşqa terroristik taşkilotlardan öylamasdan odam öldirişga tayyor bölgan jangarilarni yollamoqda. Ular buni “ruslardan” öç oliş maqsadida qilmoqda. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Oleg Siromolotov maʼlum qildi.
“Yaqin Şarqda, birinçi navbatda, Suriyada öz qobiliyatini körsatgan terrorçi yollanma askarlarning ğarblik kuratorlari va homiylari kömagida Kiyev rejimi tomonidan faol yollangani yangi hodisa böldi. U yerda ular rossiyalik harbiylar bilan töqnaş kelgan. Hozir esa maʼnaviy xorlangan bu IŞIDçilar, nusrovçilar (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Jabhat an-Nusra” guruhi aʼzolari) va boşqalar “ruslar”ni öldiriş orqali körilgan mağlubiyat uçun qasos oliş iştiyoqida yonmoqda”, deb taʼkidlagan vazir örinbosari.
Uning aytişiça, jangarilar ruslar va ukrainlarni ajratmaydi. Qöşimça qilinişiça, Kiyev rejimi Yaqin Şarqdan kelgan yollanma askarlarga Rossiyaga qarşi harakatlari uçun ön barobar tölov vaʼda qilmoqda.
“Ukrainaga şafqatsiz va kör-körona qotillik qurollari olib kelinmoqda, ular “rus” qoniga çanqoq bölib, ularning xizmatlariga “örtaça maoşlaridan” ön baravar yuqori bölgan stavkalarda tölanişi vaʼda qilingan”, deya taʼkidlagan u.
Siromolotovga köra, Ukraina millatçi batalonlarida Ğarb yollanma askarlari borligi ham yaxşi maʼlum.
“Ularning aksariyati Ukrainada Rossiya maxsus operatsiyasi boşlanişidan ança oldin paydo bölgan va Donbass aholisiga qarşi köplab jinoyatlarga özlarining qonli hissalarini qöşişga muvaffaq bölgan”, degan
Siromolotov.









