Ayni damda Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib turgan Şavkat Mirziyoyev Beruniy tumanida quriladigan quvvati 100 MVt bölgan şamol elektr stantsiyasi qurilişiga tamal toşini qöyiş marosimida iştirok etmoqda.
— Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bölib boryapti. Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, işonç bilan jonajon vatanimizning qudratini kötarişga harakat qilişimiz kerak.
...Biz yerlardan unumli foydalana olmayapmiz. Qoraqalpoğiston yeri 2 million xalqni bemalol boqa oladi. Nima qiliş kerak? Aql va izlaniş bilan, innovatsiya bilan undan foydalaniş kerak. Qoraqalpoğistonning havosi ham foyda berişi aniq. Neça yillar davomida bu yer energetika tanqisligini boşdan keçiryapti. Nega biz bunga köp eʼtibor beryapmiz? Agar biz katta korxonalar qurmoqçi bölsak, keladigan investor ham «infratuzilmang bormi, gazing, suving, yöling, temiryöling, aeroporting bormi deb söraydi. Korruptsiya bölmaydimi, deb savol beradi.
... Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi 20ga yaqin yetakçi kompaniyalar örtasida ötgan tanlovda 1 kilovatt soat elektr energiyasi uçun 2,57 AQŞ tsenti tarif taklifi bilan ğolib deb topilgan edi. Buyam adolat, raqobat», — dedi davlat rahbari.









