Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina harbiylariga murojaat qilib, ulardan qurollarini taşlaşni söradi. Şuningdek, Ukraina şarqida rossiyaparast separatistlar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari Moskvadan yordam söragani uçun Donbassga (Ukraina) qöşin kiritganini maʼlum qildi.
“Harbiy operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida genotsidga uçragan odamlarni himoya qilişdir. Biz Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilişga intilamiz. NATO ukrainalik neonatsistlarni qöllab-quvvatlaydi. Bizning harakatlarimiz tahdidlardan özimizni himoya qilişdir. Rossiyaning rejalari Ukraina hududlarini bosib olişni öz içiga olmaydi, biz heç kimga kuç bilan heç narsani yuklamaymiz”, degan Putin.
Şuningdek, u siyosati erkinlikka asoslanganini taʼkidlagan hamda ukrain harbiylarini qurollarini taşlaşga va kuraşmaslikka çaqirgan.
“Ukraina harbiy xizmatçilariga murojaat qilmoqçiman: otalarimiz, bobolarimiz bugungi kunda xalqqa qarşi xuntaga xizmat qiliş uçun natsizmga qarşi kuraşmagan. Qurollaringizni taşlang va siz tösiqsiz uyingizga qaytişingiz mumkin. Qon tökilişi uçun barça javobgarlik Kiyev rejimiga yuklanadi”, degan Putin.









