Putin Erdöğanning Ukraina uruşidagi vositaçilik rolini yuqori baholadi

Putin Erdöğanning Ukraina uruşidagi vositaçilik rolini yuqori baholadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğanning Ukrainadagi mojaroni tartibga solişdagi vositaçilik rolini yuqori baholadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 7 iyul kuni jurnalistlar bilan suhbatda maʼlum qildi.

Peskovning aytişiça, Turkiya yetakçisi Ukraina mojarosini hal qiliş uçun bir neça bor dadil saʼy-harakatlarni amalga oşirgan. Matbuot kotibi Erdöğanning Ukraina Prezidenti bilan bölajak uçraşuvi haqida gapirar ekan, Moskva muzokaralar natijalarini diqqat bilan kuzatib borişini maʼlum qildi.

“Albatta, biz siz aytgan muzokaralar natijalarini diqqat bilan kuzatib boramiz. Biz Anqara bilan konstruktiv şeriklik munosabatlarimizni davom ettiramiz, bu aloqalarni qadrlaymiz va Turkiya tomonidan özaro munosabatni his qilamiz. Şuning uçun, albatta, janob Erdöğan va janob Zelenskiy örtasida nima muhokama qilinişi bizni qiziqtiradi. Bu muhim”, deydi Peskov.

Şu bilan birga, Kreml vakili Turkiya va Rossiya Prezidentlari örtasida uçraşuv bölib ötişini ham istisno etmagan.

“Putin va Erdöğan örtasidagi bölajak muloqotlarga kelsak, biz ularni istisno qilmaymiz. Muloqot sanalari aniqlanişi bilan sizga xabar beramiz”, degan u.

Bundan taşqari, Peskov Ukraina va Rossiya örtasidagi muzokaralar jarayonini boşlaş istiqboli hozirça yöqligini aytgan.

“Turli darajalarda, jumladan, eng yuqori darajalarda biz Rossiya tomoni heç qaçon muzokaralar jarayoniga eşik yopmagani haqida gapirgan edik. Ammo hozirça biz bu muzokara jarayonining istiqbolini körmayapmiz. Maqsadlarimizga erişiş biz uçun muhim. Ularga turli yöllar bilan yetişiş mumkin. Ammo hozirda, afsuski, siyosiy va diplomatik vositalar, birinçi navbatda, Kiyev rejimining bunday imkoniyatni rad etişi, şuningdek Vaşingtonning bu jarayonga oçiqçasiga moyil emasligi sabab mavjud emas”, degan u Lukaşenkoning muzokaralar kuzgaça boşlanişi mumkinligi haqidagi gapiga izoh berar ekan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Erdöğan bilan uçraşiş uçun Istanbulga taşrif buyurişi, uçraşuvlarda Ukraina uruşi va Don yölagi masalasi ham muhokama qilinişi haqida xabar berilgandi.


×