Buxoroda özaro janjallaşayotgan ayollardan biri boşqasini «Spark»da bosib ketdi — video

Buxoroda özaro janjallaşayotgan ayollardan biri boşqasini «Spark»da bosib ketdi — video

Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda

Buxoro viloyati Qoraköl tumanida 21 fevral kuni özaro janjallaşayotgan ayollardan biri boşqasini «Spark» maşinasida bosib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Içki işlar boşqarmasi maʼlumot berdi.

Unga köra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha viloyat IIB masʼul xodimlari tomonidan örganilgan. Aniqlanişiça, uşbu holat 21 fevral kuni soat 13:50 da Qoraköl tumani Xöjalar mahallasida joylaşgan Poykent savdo majmuasi oldida sodir bölgan.

Ş. ismli ayol boşqaruvida bölgan «Spark» rusumli avtomaşinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Holat tegişli tartibda tuman içki işlar bölimi navbatçilik qismida qayd etilib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tuman içki işlar bölimi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari viloyat Içki işlar boşqarmasi va tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Suriştiruv yakuni yuzasidan qöşimça maʼlumot beriladi.

×