Buxoro viloyati Buxoro şahrida joylaşgan 23 ta savdo dökonida yonğin çiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 1 avgust kuni soat 02:05 da Buxoro şahar Ibn Sino köçasi yöl yoqasida joylaşgan 2 qavatli savdo dökonlari (xalq tilida eski PMK savdo majmuasi)da yonğin sodir bölgan. Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etilgan. Yonğin joyiga soat 02:07 da yetib borib, savdo dökonlarining taxminan 700 metr kvadrat maydonga tarqalib yonayotganligi töğrisida maʼlumot olingan va soat 03:11 da batamom öçirilgan.
Yonğin oqibatida Ibn Sino köçasi yöli yoqasida joylaşgan tadbirkorlik subʼektlariga tegişli 2 qavatli 15 ta dökonning içki tovar mahsulotlari va şift qismi yongan bölib, xuddi şu manzilda bölgan Buxoro markaziy dehqon bozorida joylaşgan 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo dökonlari (jami 23 ta savdo dökoni) içida bölgan tovar moddiy boyliklari va dökon jihozlari zarar körgan.
Yonğin oqibatida insonlarning halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan.
“Sodir bölgan yonğin yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda. Yonğinning kelib çiqiş sababini aniqlaş maqsadida yonğin-texnik ekspertizasi tayinlangan. Voqea joyiga viloyat sektor rahbarlari, FVB, Milliy gvardiya boşqarma boşliqlari va boşqa masʼul rahbarlar jalb etilgan”, deyiladi xabarda.









