Qaşqadaryoda muqaddam qamalgan «bloger» yana qölga olindi

Qaşqadaryoda muqaddam qamalgan «bloger» yana qölga olindi

Ğuzor tumanida yaşovçi M.Ş. (blogerlik faoliyati bilan şuğullanadi) fuqarolarga mansabdor tanişlari orqali yer maydonlarini olib berişni vaʼda qilgan.

21 fevral kuni u 3 sotix yerni olib beriş evaziga fuqaro E.O.dan 7 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtda IIB va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, bloger muqaddam Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) va 164-moddasi (bosqinçilik) jinoyatlarini sodir etganlik uçun sud hukmi bilan 10 yildan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötab çiqqan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Ş.Mga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik), 25-211-moddasi (pora berişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda Qaşqadaryo viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×