Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 14 yoşli qiz 4 kişi tomonidan zörlandi. Bu haqda “Nemolçi” loyihasi xabar berdi. Holatni Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov tasdiqlagan.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 7 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida Ş.X. (23 yoş), D.X. (22), O.N. (20) va D.A. (21) 14 yoşli qizni Damas rusumli avtomaşinaga mindirib, dalaga olib borib, zörlagan.
Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi voqea joyini közdan keçirib, iş uçun ahamiyatli bölgan aşyo va dalillarni olib qöygan. Sudga oid tibbiy, biologik va psixologik ekspertizalar tayinlangan. Joriy yilning 8 iyun kuni Yakkaboğ tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi joriy yilning 29 iyun kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta malakalanib, gumon qilinuvçi Ş.X., D.H., O.N. hamda D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, protsessual tartibda uşlangan.
Mazkur jinoyat işi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan bölib, dastlabki tergov yakuni böyiça barça aybdor şaxslarga qonuniy çora körilişi taʼminlanadi









