Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, şu jumladan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari amalga oşirilişini kafolatlaş, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş, odil sudlovning samaradorligini, xalqimizning sudga nisbatan qatʼiy işonçi va hurmatini oşirişda bir qator amaliy işlar qilib kelinmoqda.
Prezidentimiz tomonidan «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi va şunga köra, 2021 yil 1 yanvardan boşlab viloyat va unga tenglaştirilgan fuqarolik, jinoyat işlari böyiça sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslaşuvini saqlab qolgan va sud işlarini yuritiş turlari böyiça alohida sudlov hayʼatlarini taşkil etgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari taşkil etildi.
Ilk bor birlaşgan Namangan viloyati sudi tomonidan 2020 yilda odil sudlovni taʼminlaşda viloyat, tuman, şahar sudlar tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan kengaytirilgan Rayosat yiğilişi bölib ötdi.
Unda viloyat sudining fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy sudlov hayʼati, tuman, şahar sudi sudyalari hamda sud xodimlari iştirok etişdi. Rayosat yiğilişiga Viloyat sudi raisi Abdurasul Eranov raislik qildi.

Yiğilişda taʼkidlanganidek, Viloyat sudining 2020 yildagi iş faoliyati 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaşga, odil sudlovni amalga oşirişda fuqarolar, tadbirkorlik subʼektlari va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişga, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini saqlaş, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olişga qaratildi.
Jumladan, jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan ötgan yilda 2 ming 796 nafar şaxsga nisbatan 2 ming 282 ta iş körib çiqilgan.
Insonparvarlik tamoyili asosida 11 nafar şaxs oqlangan bölsa, 209 nafar şaxs qamoqdan ozod qilingan.
Yoşlar ittifoqi, Xotin-qizlar qömitasi va mahalla fuqarolar yiğinlarining kafolat xatlari asosida 58 nafar şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan bölsa, insonparvarlik va bağrikenglik tamoyili asosida yaraşuv institutining samarali qöllab 689 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan 2020 yilda odil sudlovni amalga oşiriş, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida bir qator işlar amalga oşirilgan.
Hisobot davrida fuqarolik işlari böyiça viloyat va tumanlararo sudlarining iş yurituviga 13.333 ta fuqarolik işlari kelib tuşgan bölib, şundan, 11.108 ta fuqarolik işlari körib tamomlangan. 4377 işlar sayyor sud majlislarida körilgan.
Körib tamomlangan işlardan 9.071 ta iş böyiça hal qiluv qarori çiqarilgan bölib, şundan 7699 ta iş böyiça fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişga erişilgan. Tomonlarning özaro yaraşib va kelişib olganliklari uçun 148 ta iş iş yuritişdan tugatilgan.
Sudyalarning joylarga borib aholi orasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarning tarğibot va taşviqot işlari hamda sayyor sud majlislari ötkazilişi natijasida 2020 yilda nikohdan ajratiş haqidagi işlar 2019 yilga nisbatan 475 taga, boşqa oilaviy nizolar esa 328 taga kamaygan. Bu albatta olib borilayotgan islohotlarning samarali natijasi hisoblanadi.
Iqtisodiy sudlar tomonidan ötgan yil davomida 5369 iş körib çiqib hal etilgan. Körilgan işlarning 2467 tasi bevosita joylarga borib sayyor sud majlislarida körilgan. Kiçik biznes subʼektlari, fermer va dehqon xöjaliklari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning daʼvogarligida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga doir 724 ta işlar körilib, şundan 631 ta işlar böyiça ularning foydasiga 63 milliard 999 million söm qarzdorliklarni undiriş böyiça sud hujjatlari qabul qilingan.
Tanqidiy-taxliliy ruxda ötgan Rayosat yiğilişida, faoliyat davomida yöl qöyilgan kamçiliklar kelgusida takrorlanmasligi va ularni oldini oliş böyça tuşuntirişlar berildi va bu borada aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş böyiça qaror qabul qilindi.
Bu xaqida Namanganliklar.uz ga Namangan viloyat sudi jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi xabar berdi.














