Tramp Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni bekor qilmaydi – Dmitriy Medvedov

Tramp Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni bekor qilmaydi – Dmitriy Medvedov

Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp davrida Qöşma Ştatlarning Rossiyaga qarşi sanktsiyalari bekor qilinişiga şubha bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Medvedovga köra, AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp öz lavozimiga kirişgaç, Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni bekor qilişi ehtimoldan uzoq. Bu Amerika iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari manfaatlariga töğri kelmaydi.

“Saylangan prezident öz lavozimiga kirişgandan söng bu sanktsiyalarni darhol bekor qilişi dargumon deb hisoblayman. Qolaversa, u maʼlum bir davrda baʼzi sanktsiyalarni qöllaşda qatʼiy turib olgandi”, deya taʼkidlagan siyosatçi.

Şuningdek, Medvedev Trampning Amerikadan Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib beriş zarurligi haqidagi sözlarini esladi. Medvedevning sözlariga köra, hozirda Yevropa Rossiyadan suyultirilgan gaz olayotgani yöq, “şuning uçun yevropaliklar sovuqda qolib, işlab çiqariş korxonalari töxtab qolmoqda”.


Teglar:
×