DXX Namanganda “Kalaşnikov” avtomatini sotayotgan şaxsni uşladi

DXX Namanganda “Kalaşnikov” avtomatini sotayotgan şaxsni uşladi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida “Kalaşnikov” avtomatini sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi 

Maʼlum qilinişiça, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan A.O. Qirğiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Ola-buqa rayoniga borib, jinoiy şerigidan 1 dona AKS-74 jangovor öqotar quroli, 3 dona öqdon va 43 dona öq-dorilarni olib, kontrabanda yöli bilan Özbekiston hududiga ötkazgan.

DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda A.O. uşbu qurol va öq-dorilarni Namangan şahrida sotmoqçi bölganida uşlangan.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Qayd etilişiça, şaxs muqaddam Jinoyat modeksining 97- (Qasddan odam öldiriş) va 182- (Bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) moddalari bilan sudlangan.

×