Avvalroq, joriy yilning 1 yanvaridan boşlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim bekor qilingani, şuningdek, “2022 yil uçun Davlat Byudjeti töğrisida”gi qonun qabul qilinişi hamda “Davlat boji töğrisida”gi qonunga tegişli özgartiriş kiritilişi ortidan ikkilamçi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylaştiriş xarajatlari ham kamaygani xususida xabar bergan edik.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati avtotransport vositalarini davlat röyxatidan va qayta röyxatdan ötkazişda yiğimlar bekor qilinganini maʼlum qildi.
“Özbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabr kuni “2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining davlat byudjeti töğrisida”gi 742-son qonuni qabul qilinib, unda 2022 yilda undiriladigan ayrim tölov stavkalariga özgartirişlar kiritildi. Şu bilan birga Özbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabr kuni “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 241-son qonuni ham qabul qilinib, soliq kodeksining 460-moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Endilikda uşbu qonunlar bilan kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvaridan boşlab, avtotransport vositalarini davlat röyxatidan va qayta röyxatdan ötkazişda yiğimlar undirilmasligini maʼlum qilamiz”, deydi IIV JXD YHXX Azizxon Murodov maʼlum qilmoqda.
Natijada, endi avtomobil oldi-sotdi şartnomalarini Yöl xarakati havfsizligi boşqarmasidan röyxatdan ötkaziş uçun yiğimlar talab qilinmaydi.
Eslatib ötamiz, qonun qabul qilingunga qadar amalda bölgan tartibga köra, avtosalondan yangi maşina sotib olganda şartnoma narxining 3 foizi miqdorida yiğim tölanar edi.
Agar ikkilamçi bozordan maşina sotib olinganda işlab çiqilgan yiliga qarab har bir ot kuçi uçun 29 ming 700 sömgaça yiğim olinardi. Masalan, işlab çiqarilganiga 3 yil tölmagan 100 ot kuçiga teng maşinani sotib olganlik uçun deyarli 3 mln söm yiğim tölanardi.
Bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevning yozişiça, “Agar kimdir maşina sotib olganu, lekin öz nomiga rasmiylaştirişdagi katta xarajatdan qoçib, "generalnaya doverennost" olib haydab yurgan bölsa, unda endilikda maşinalarini öz nomlariga ötkazib olişlari mumkin. Töğri, hozir notariusda tölanadigan davlat bojining yuqori stavkalari öz kuçida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilişi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda maşinaning ot kuçi va yilidan qatʼi nazar bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming söm) etib belgilanişi rejalaştirilmoqda”.









