Farğona viloyati Rişton tumanida yaşovçi fuqaro «Malibu-2 MALBDB2TL» rusumli avtomobilni 2020 yilning may oyida sotib olgan. Bir neça oy ötgaç, avtomobil egasi yangi avtomobildan, aniqroği kuzovdan böyoq sizib çiqa boşlaganini payqab qoldi. Isteʼmolçi «Kokand Auto Trade» MÇJ avtosaloniga bir neça oydan beri murojaat qiladi. Murojaat natijasiz bölganidan söng, isteʼmolçi Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga murojaat qoldirişga qaror qildi.
QONUNGA ASOSAN…
Çakana savdo qoidalariga asosan kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almaştiriş, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almaştiriş zarur bölgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga köra (uşbu Qoidalarning 130-bandiga muvofiq) amalga oşiriladi.
Xususan, xizmat körsatiş markazi ötkazgan ekspertiza natijalariga köra, kuzovning 113 ta joyida böyoqlarini nuqsonlari borligi qayd etilgan. Ekspertizadan söng, isteʼmolçi bir neça oy davomida avtomobil bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun işlab çiqaruvçiga ham, avtosalonga ham qayta-qayta murojaat qiladi. Bu masalani Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining Toşkent şahar hududiy tuzilmasi hal etib, yakuniga yetkazdi. Ötgan yilning 8 oktyabr kuni röyxatga olingan murojaatga köra, tuzilma xodimlari tomonidan «UzAuto Motors» AJ va «UZAVTOTEXXIZMAT» MÇJlarga sörov xatlar jönatildi va işning barça tafsilotlari birgalikda örganib çiqildi.
Örganiş natijalariga köra, bu masala isteʼmolçi foydasiga hal qilindi, yaʼni isteʼmolçi bilan «UZAVTOTEXXIZMAT» MÇJ örtasida tuzilgan şartnoma asosida «Malibu-2 MALBDB2TL» rusumli nuqsonli avtomobil xuddi şunday rusumdagi yangi avtomobilga aylaştirildi (2021 yil 6 dekabr holatiga – 265 mln söm.)









