Özbekiston taşqi qarzi miqdori qonun doirasida. Hammasi maqsadli işlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Bu töğrisida mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 18 fevral kuni Toşkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga taşrifi çoğida faollar yiğilişida aytib ötdi, deb xabar berdi "Xalq sözi".
“Ijtimoiy tarmoqlarda, turli çiqişlarda köp kuzataman – taşqi qarzimiz oşib borayotgani uçun tanqid qilişadi. Tanqid albatta mumkin, lekin asosli bölsa. Birgina Sergeli tumani misolida olaylik, agar biz zarur resurslarni jalb qilmaganimizda qiymati 500 mln dollarlik metro loyihalarini amalga oşira olarmidik? Şunça qurilişlarni tezkor bajararmidik? Hozir şunça aholi uyli-joyli böldi, metrodan minglab odamlarimiz foydalanyapti. Zavodlar quryapmiz, iş örinlari yaratyapmiz. Taşqi qarz şu xalqimizning farovonligiga xizmat qilyapti. Eng muhimi – taşqi qarz miqdori qonun doirasida. Taşqi qarz ham hamma davlatlarga berilmaydi: işonç borki, bizga taqdim qilişyapti. Hammasi maqsadli işlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Boşqa davlatlar taşqi qarzi bilan soliştirganda bizniki ança past körsatkiçda”, dedi Prezident.









