Afğonistonda juma namozidagi portlaş böyiça Özbekiston munosabat bildirdi

Afğonistonda juma namozidagi portlaş böyiça Özbekiston munosabat bildirdi

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Afğonistonda, Qunduzdagi masjidning portlatilişi yuzasidan munosabat bildirdi.

"Özbekiston şu yilning 8 oktyabrida Afğonistonning Qunduz şahrida juma namozi paytida köplab qurbonlarni keltirib çiqargan terrorçilik harakatini keskin qoralaydi.

Bunday zöravon harakatlar Afğonistonda barqaror va uzoq muddatli tinçlik va milliy kelişuvni örnatişga tösqinlik qiladi.

Özbekiston hukumati uşbu ğayriinsoniy hujumda halok bölganlar va jarohatlanganlarning oilalariga çuqur hamdardlik va taʼziya izhor yetadi".

×