Prezident Administratsiyasi 12 yillik paxta boykoti olinganiga munosabat bildirdi

Prezident Administratsiyasi 12 yillik paxta boykoti olinganiga munosabat bildirdi

Avvalroq, “Cotton Campaign” koalitsiyasi Özbekiston paxtasiga boykotni bekor qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur qaror yuzasidan Özbekiston Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov munosabat bildirdi.

“Biz “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining Özbekiston paxtasiga boykotni bekor qiliş töğrisidagi qarorini olqişlaymiz”, deydi Asadov.

Qayd etilişiça, 12 yildan ortiq amal qilgan boykot mamlakatda 2021 yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yöl qöyilmagani munosabati bilan bekor qilingan.

“Bundan ilgariroq Xalqaro mehnat taşkiloti Özbekiston paxtaçiligida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga çek qöyilganini eʼtirof etdi. Bularning barçasi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan inson qadrini uluğlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar bundan buyon ham qatʼiy davom ettirilişi va ular ortga qaytmasligidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, “Cotton Campaign” dastlab 2009 yilda özbek paxtasiga boykot eʼlon qilgan edi. 

Eslatib ötamiz, Xalqaro mehnat taşkiloti monitoring guruhi 2021 yildagi paxta terimi mavsumida Özbekistonda tizimli majburiy mehnat va bolalar mehnati kuzatimalaganini eʼlon qilgandi. Taşkilot 11 ming terimçi bilan suhbatlaşib, şunday xulosaga kelgan.

×